Xabarlar

Ro‘yxatga olishdagi qamrov xatolarni oldini olish

20-05-2022 14:35   4

Ro‘yxatga olishda qamrov aniqligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi soni ko‘rsatkichlarining sifatiga va bilvosita - ro‘yxatga olish paytida olingan barcha boshqa ma’lumotlar sifatiga tasir qiladi. Shu sababli, qamrov masalalari rejalashtirish bosqichida va ro‘yxatga olish ishlarining katta qismi amalga oshirilishida hisobga olinishi kerak. Ro‘yxatga olish maydonlarining chegaralari aniq belgilanishi va xaritalarga kiritilishi, tushib qoldirish yoki ikki marta hisobga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uy-joylarni hisobga olish va ro‘yxatlarini tuzishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun uy-joy fondiga qamrab olish bo‘yicha yo‘riqnomalar va o‘quv materiallarining shakli aniq, batafsil va tushunarli bo‘lishi kerak. Maqsadli jamlanish aniq belgilanishi, hisoblanuvchilar va respondetlar uchun tegishli ko‘rsatmalar, savollar esa puxta shakllantirilishi va aprobatsiya qilinishi kerak.

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHDA TURAR JOY BIRLIKLARI

15-04-2022 12:16   39

Aholini ro‘yxatga olishda “Turar joy birligi” deganda ajratilgan va mustaqil yashash joyi tushuniladi, u alohida uy xo‘jaligi yashashi yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi. Biroq, ro‘yxatga olish davrida uy xo‘jaligining odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi. Ularning safiga an’anaviy band bo‘lgan turar joylar va quyida keltirilgan ta’riflarga muvofiq keladigan boshqa turar joy birliklari kiradi.

Urgut tuman Aholini ro‘yxatga olish sinov natijalari nimani ko‘rsatdi

11-02-2022 07:12   124

Aholini ro‘yxatga olish sinov natijalari nimani ko‘rsatdi

Ma’lumki, mamlakatimizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi qaroriga asosan, mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish sifatini ta’minlash, uning tashkiliy va uslubiy jihatlari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlari hozirligini aniqlash maqsadida, 2021 yil 1-25 noyabr kunlari respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholi ro‘yxatga olindi.

Sinov natijalaridan kelib chiqib, 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi, ro‘yxatga olish savolnomalari, metodik qo‘llanmalar va normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimi takomillashtiriladi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etish uchun 2021 yilning 12-20 noyabr kunlari xalqaro kuzatuv missiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. 11 kishidan iborat ushbu missiya vakillari respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilgan tayyorgarlik va uni o‘tkazish ishlari bilan tanishdi. Ular bu jarayonni ijobiy baholab, uni yanada sifatli va zamonaviy usullardan foydalangan holda o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. Jumladan, savolnomalarni milliy mentalitetga moslashtirishni yanada takomillashtirish, planshetlardan keng foydalanish, internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, planshet usulida ro‘yxatga olish jarayoni qog‘oz usuliga qaraganda qulayligi, tezkorligi va samarali ekani kuzatildi. Agar qog‘oz uslubida ishlagan bir xodim o‘rtacha 350 tadan 400 tagacha shaxsni ro‘yxatga olgan bo‘lsa, planshetda o‘rtacha 500 tadan 750 tagacha to‘g‘ri keldi.

Qayd etish joizki, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda hamda mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, aholining ro‘yxatga olish tadbiridan to‘liq xabardor emasligi, ayniqsa, xonadonlarda yashovchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ayrim mahalla idoralaridagi mavjud axborotga mos kelmasligi ham kuzatildi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalaridan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida foydalaniladi. SHuningdek, bu natijalar milliy barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, xalqaro reytinglar va indekslarda, jumladan, Statistika salohiyati indeksi, Inson barkamolligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi kabilarda mamlakatimizning o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalari xorijiy investorlarni kengroq jalb qilish, investitsion muhitni yanada yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish, iqtisodiyot yuksalishi va pirovardida aholimizning farovonligini yanada yaxshilashda qo‘l keladi.

 

Urgut tuman statistika bo‘limi

Urgut tuman

18-10-2021 16:39   121

Ayni paytda tarbiyachilar o'rtasida o'tkazilgan "Mohir qo'l tarbiyachi" tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.Unda tumanimiz sharafini 9-sonli,13 -sonli,33-sonli ,51-sonli MTT lar tumanimiz sharafini himoya qilmoqda.Biz ularga omad tilaymiz.

Ургут тумани Мактабгача таълим бўлими.

06-07-2021 06:55   212

Ургут тумани Қуйи Бешкапа маҳалласида 25 зринга мўлжалланган оилавий мактабгача таълим ташкилоти ўз иш фаолиятини бошлади ва маҳалланинг 3-7 ёшли 25-нафар тарбияланувчиларини ўз бағрига қамраб олди. Худди шунингдек Навруз, Гулобод, Камардон, Деҳқонобод, Муродқишлоқ, Савғон, Сойғус, Мирзақишлоқ, Бирлик, Ўзбекистон, Ўроқбойжар, Муродқишлоқ. Торинжак, Кенагас, Мангитобод, санчиқул, Навруз,Сариқтепа, Кўтарма, Бешкон, Ипакли, Қуйи Алгар,Ўрамас, Пастки Калангар, Қайроқли, Жартепа, Дўстлик, Қайроқли, Навруз, Аълохотин, Хўжақишлоқ, Жартепа маҳаллаларида 25-ўринга мўлжалланган оилавий мактабгача таълим ташкилоти ташкил этилди ва 3-7 ёшли 800 нафар болажонларни қамраб олди.  

Nega 10 yilda bir marta?

18-06-2021 14:26   228

Dunyo bo‘ylab ming yillar davomida o‘tkazib kelinayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor eramizdan avvalgi 3800 yillarda  bobilliklar tomonidan o‘tkazilganiga tarixiy ishoralar bor. Har 6 yoki 7 yilda o‘tkazilgan bunday tadbirlarda aholi va chorva soni, meva-sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori hisobga olingani haqida tarixiy manbalarda ayrim ma'lumotlar saqlanib qolgan.

ЖАҲОН ТАЖРИБАСИ ҲАР ЎН ЙИЛДА БИР МАРТА АҲОЛИНИ РЎЙХАТГА ОЛИШНИ ТАҚОЗО ЭТАДИ

04-06-2021 07:20   210

ЖАҲОН ТАЖРИБАСИ ҲАР ЎН ЙИЛДА БИР МАРТА АҲОЛИНИ РЎЙХАТГА ОЛИШНИ ТАҚОЗО ЭТАДИ

Жаҳон тажрибасида мамлакат аҳолисининг аниқ сони, ёши, жинси, фуқаролиги, миллий таркиби, оилавий аҳволи, касби, бандлиги, даромад манбаи ва бошқа жиҳатлар бўйича батафсил маълумот тўплашнинг энг самарали усули аҳолини рўйхатга олишни ташкил этиш ҳисобланади. Шу боис, 2023 йилда мамлакатимизда илк бор ўтказиладиган аҳолини рўйхатга олиш тадбирларига ҳозирдан жиддий тайёргарлик кўрилмоқда.

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти ўзининг 2015 йилдаги резолюциясига асосан аъзо давлатларга ҳар ўн йилда камида бир марта аҳолини рўйхатга олиш амалиётини ўтказишни тавсия этади. Хўш, бу бизга нима беради? Биринчи навбатда, республика аҳолиси ва унинг турмуш шароити тўғрисидаги ишончли маълумотлар айнан аҳолини рўйхатга олиш орқали шакллантирилади. Масалан, Фарғонада неча киши ишсиз? Андижонда нечта оила уй-жойга муҳтож? Сирдарёда яна нечта таълим муассасаси қуриш лозим? Қашқадарёда аҳоли хонадонлари асосан қайси йилларда қурилган? Тошкент шаҳрида аслида қанча киши истиқомат қилади ва ҳоказо. Аҳолини рўйхатга олиш амалиёти шу каби кўплаб саволларга жавоб, муаммоларга ечим топиш имконини яратади.

- Кўпчилик инсонлар аҳолини рўйхатга олиш амалиётини статистик маълумотлар тўплаш тадбирларининг бир кўриниши, деб тушунади. Аммо бу шунчаки статистика эмас, балки мамлакат аҳолисининг маълум бир вақтдаги фотосуратини кўриш имкониятини берадиган йирик миқёсдаги тадбир ҳисобланади, — деди Давлат статистика қўмитаси Рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этиш ва ўтказиш бошқарма бошлиғи Қобил Бердиқулов.

- Мазкур давлат даражасидаги кенг кўламли, кўп вақт ва маблағ талаб этадиган тадбирни ўтказиш учун халқаро талабларга мувофиқ 2-3 йил давомида тайёргарлик ишларини олиб бориш талаб этилади. Ушбу амалиёт мустақиллик йилларида республикамизда илк бор ўтказилаётганини инобатга олиб, уни ташкил этишга пухта тайёргарлик кўриш мақсадида 2020 йил 11 ноябрда Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида 2023 йилда аҳолини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилинди. Унга кўра, мамлакатимизда аҳолини рўйхатга олиш 2023 йил 1—25 ноябрь кунлари амалга оширилади.

 

Туман статистика бўлими

10-dekabr kuni Urgut tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan xususiy, DXSH va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari pedagoglari uchun me'yoriy hujjatlarni yuritilish tartibi bo‘yicha amaliy o‘quv -seminari bo‘lib o‘tdi.

11-12-2020 17:52   364

10-dekabr kuni Urgut tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan  xususiy,  DXSH  va nodavlat maktabgacha ta'lim  muassasalari pedagoglari uchun me'yoriy hujjatlarni yuritilish tartibi bo‘yicha  amaliy o‘quv -seminari bo‘lib o‘tdi.

Ургут туманида 2020 йилда давлат дастури асосида қурилиш ишлари билан Самарқанд вилояти мактабгача таълим бошқармаси бошлиғи Ш. Рахмонов туман хокими қурилиш ишлари бўйича ўринбосари У.Ўроқовлар билан биргаликда яқиндан урганишди.

21-05-2020 13:09   492

Ургут туманида 2020 йил давлат дастури асосида қурилиш ишлари билан  Самарқанд вилояти мактабгача таълим бошқармаси бошлиғи Ш. Рахмонов туман хокими қурилиш ишлари бўйича ўринбосари У.Ўроқовлар билан биргаликда яқиндан урганишди.

Urgut tuman maktabgacha ta'lim bulimiga qarashli 16 son maktabgacha ta'lim tashkiloti

17-02-2020 16:18   558

Urgut tuman maktabgacha ta'lim bulimiga qarashli 16 son maktabgacha ta'lim tashkilotida " Zahriddin Muhammad Bobur Mirzoning" tavalud kuni nishonlanmoqda.