Хабарлар

Urgut tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi

17-06-2022 08:38   26

Ro‘yxatga olishdagi qamrov xatolarni oldini olish

Ro‘yxatga olishda qamrov aniqligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi soni ko‘rsatkichlarining sifatiga va bilvosita - ro‘yxatga olish paytida olingan barcha boshqa ma’lumotlar sifatiga tasir qiladi. Shu sababli, qamrov masalalari rejalashtirish bosqichida va ro‘yxatga olish ishlarining katta qismi amalga oshirilishida hisobga olinishi kerak. Ro‘yxatga olish maydonlarining chegaralari aniq belgilanishi va xaritalarga kiritilishi, tushib qoldirish yoki ikki marta hisobga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uy-joylarni hisobga olish va ro‘yxatlarini tuzishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun uy-joy fondiga qamrab olish bo‘yicha yo‘riqnomalar va o‘quv materiallarining shakli aniq, batafsil va tushunarli bo‘lishi kerak. Maqsadli jamlanish aniq belgilanishi, hisoblanuvchilar va respondetlar uchun tegishli ko‘rsatmalar, savollar esa puxta shakllantirilishi va aprobatsiya qilinishi kerak.

            Odatiy yashash joyini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalarning  tushunarliligi va soddaligi har bir kishining faqat bir marta va tegishli yashash joyida ro‘yxatga olinishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu jihat ortiqcha hisobga olishlar holatini minimallashtirish uchun alohida ahamyatga ega. Ro‘yxatga olish varaqlariga muayyan shaxslarni hisobga olish yoki olmaslik zarurati noaniq bo‘lishi mumkun bo‘lgan hollar uchun yo‘riqnomalar yoki savollar kiritilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tishga qiyinchilik bilan bo‘yin eguvchi shaxslar uchun maxsus tadtib-taomillar ishlab chiqilishi kerak (masalan,chekka hududlarda, jamoaviy yoki guruhli uy birliklarida yashovchilar, savodsiz yoki tilni yomon biladiganlar uchun). Noto‘g‘ri chiqarib yuborish, uy xo‘jaliklarini hisobga olmaslik yoki ularni sun’iy ravishda yarashuvni minimallashtiradigan qayta ishlash tartib-taomillarini taminlash mumkindir. To‘g‘ri ishlab chiqarilgan reklama kampaniyasi ro‘yxatga olish to‘g‘risida xabardorlikni va javob berishga bo‘lgan qiziqishni olishda muhim rol o‘ynashga qodir.

            Ushbu chora-tadbirlarning barchasi, xodimlarni tegishlicha o‘qitish, inspeksion tekshirishlar va ro‘yxatga olish ishlari davomida sifatli taminlash tartib-qoidalari bilan muvofiqlikda xatoliklarni kamaytirishda yordam beradi. Shunga qaramay, muayyan darajada xatoliklar bo‘lishi shubhasis. Shuni inobotga olgan holda, qamrovdagi xatolikni o‘lchash va tahlil qilish hamda shunga muvofiq hisobot berishni ta’mirlash muhimdir. Eng samarali yandashuv-ro‘yxatga olishdan so‘ng ro‘yxatga olish joylarini tanlab olish bo‘yisha mustaqil tekshiruv ko‘rigini o‘tkazish yoki qayta tekshirish usulidan foydalanish. Qamrab olish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, ular joriy ro’yxatga olishni baholash keying ro‘yxatga olish uchun saboqlar chiqarilishi bilan ahamiyatli. Ro‘yxatga olish bilan bog‘liq natijalar aholini hisoblash dasturlari uchun juda muhimdir. Ro‘yxatga olish natijalarini avvalgi ro‘yxatga olish natijalariga asoslangan demografik bashoratlar bilan taqqoslab tahlil qilish ham juda ko‘p ma’lumotlarni taqdim eladi.

Tuman statistika bo‘limi

Ro‘yxatga olishdagi qamrov xatolarni oldini olish

20-05-2022 14:35   55

Ro‘yxatga olishda qamrov aniqligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi soni ko‘rsatkichlarining sifatiga va bilvosita - ro‘yxatga olish paytida olingan barcha boshqa ma’lumotlar sifatiga tasir qiladi. Shu sababli, qamrov masalalari rejalashtirish bosqichida va ro‘yxatga olish ishlarining katta qismi amalga oshirilishida hisobga olinishi kerak. Ro‘yxatga olish maydonlarining chegaralari aniq belgilanishi va xaritalarga kiritilishi, tushib qoldirish yoki ikki marta hisobga olinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Uy-joylarni hisobga olish va ro‘yxatlarini tuzishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun uy-joy fondiga qamrab olish bo‘yicha yo‘riqnomalar va o‘quv materiallarining shakli aniq, batafsil va tushunarli bo‘lishi kerak. Maqsadli jamlanish aniq belgilanishi, hisoblanuvchilar va respondetlar uchun tegishli ko‘rsatmalar, savollar esa puxta shakllantirilishi va aprobatsiya qilinishi kerak.

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHDA TURAR JOY BIRLIKLARI

15-04-2022 12:16   85

Aholini ro‘yxatga olishda “Turar joy birligi” deganda ajratilgan va mustaqil yashash joyi tushuniladi, u alohida uy xo‘jaligi yashashi yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan bo‘ladi. Biroq, ro‘yxatga olish davrida uy xo‘jaligining odatiy yashash joyi sifatida foydalaniladi. Ularning safiga an’anaviy band bo‘lgan turar joylar va quyida keltirilgan ta’riflarga muvofiq keladigan boshqa turar joy birliklari kiradi.

Urgut tuman Aholini ro‘yxatga olish sinov natijalari nimani ko‘rsatdi

11-02-2022 07:12   164

Aholini ro‘yxatga olish sinov natijalari nimani ko‘rsatdi

Ma’lumki, mamlakatimizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi qaroriga asosan, mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish sifatini ta’minlash, uning tashkiliy va uslubiy jihatlari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlari hozirligini aniqlash maqsadida, 2021 yil 1-25 noyabr kunlari respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholi ro‘yxatga olindi.

Sinov natijalaridan kelib chiqib, 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi, ro‘yxatga olish savolnomalari, metodik qo‘llanmalar va normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimi takomillashtiriladi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etish uchun 2021 yilning 12-20 noyabr kunlari xalqaro kuzatuv missiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. 11 kishidan iborat ushbu missiya vakillari respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilgan tayyorgarlik va uni o‘tkazish ishlari bilan tanishdi. Ular bu jarayonni ijobiy baholab, uni yanada sifatli va zamonaviy usullardan foydalangan holda o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. Jumladan, savolnomalarni milliy mentalitetga moslashtirishni yanada takomillashtirish, planshetlardan keng foydalanish, internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, planshet usulida ro‘yxatga olish jarayoni qog‘oz usuliga qaraganda qulayligi, tezkorligi va samarali ekani kuzatildi. Agar qog‘oz uslubida ishlagan bir xodim o‘rtacha 350 tadan 400 tagacha shaxsni ro‘yxatga olgan bo‘lsa, planshetda o‘rtacha 500 tadan 750 tagacha to‘g‘ri keldi.

Qayd etish joizki, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda hamda mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, aholining ro‘yxatga olish tadbiridan to‘liq xabardor emasligi, ayniqsa, xonadonlarda yashovchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ayrim mahalla idoralaridagi mavjud axborotga mos kelmasligi ham kuzatildi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalaridan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida foydalaniladi. SHuningdek, bu natijalar milliy barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, xalqaro reytinglar va indekslarda, jumladan, Statistika salohiyati indeksi, Inson barkamolligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi kabilarda mamlakatimizning o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalari xorijiy investorlarni kengroq jalb qilish, investitsion muhitni yanada yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish, iqtisodiyot yuksalishi va pirovardida aholimizning farovonligini yanada yaxshilashda qo‘l keladi.

 

Urgut tuman statistika bo‘limi

Urgut tuman

18-10-2021 16:39   188

Ayni paytda tarbiyachilar o'rtasida o'tkazilgan "Mohir qo'l tarbiyachi" tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.Unda tumanimiz sharafini 9-sonli,13 -sonli,33-sonli ,51-sonli MTT lar tumanimiz sharafini himoya qilmoqda.Biz ularga omad tilaymiz.

Нега 10 йилда бир марта?

18-06-2021 14:26   322

Дунё бўйлаб минг йиллар давомида ўтказиб келинаётган аҳолини рўйхатга олиш тадбири илк бор эрамиздан аввалги 3800 йилларда  бобилликлар томонидан ўтказилганига тарихий ишоралар бор. Ҳар 6 ёки 7 йилда ўтказилган бундай тадбирларда аҳоли ва чорва сони, мева-сабзавот, озиқ-овқат маҳсулотлари миқдори ҳисобга олингани ҳақида тарихий манбаларда айрим маълумотлар сақланиб қолган.

10-декабр куни Ургут туман мактабгача таълим бўлими томонидан хусусий, ДХШ ва нодавлат мактабгача таълим муассасалари педагоглари учун меъёрий ҳужжатларни юритилиш тартиби бўйича амалий ўқув -семинари бўлиб ўтди.

11-12-2020 17:52   442

10-декабр куни Ургут туман мактабгача таълим бўлими томонидан  хусусий,  ДХШ  ва нодавлат мактабгача таълим  муассасалари педагоглари учун меъёрий ҳужжатларни юритилиш тартиби бўйича  амалий ўқув -семинари бўлиб ўтди.

Urgut tuman maktabgacha ta'lim bulimiga qarashli 16 son maktabgacha ta'lim tashkiloti " Zahriddin Muhammad Bobur Mirzoning" tavalud kuni nishonlanmoqda.

17-02-2020 16:18   729

Urgut tuman maktabgacha ta'lim bulimiga qarashli 16 son maktabgacha ta'lim tashkilotida " Zahriddin Muhammad Bobur Mirzoning" tavalud kuni nishonlanmoqda.

Ургут туман мактабгача таълим бўлимида тумандаги 17-сонли мактабгача таълим ташкилотининг жажжи болажонлари бўлим ходимларини 14-январ ватан химоячилари куни байрами билан табриклади.

14-01-2020 09:42   803

Ургут туман мактабгача таълим бўлимида тумандаги 17-сонли мактабгача таълим ташкилотининг жажжи болажонлари бўлим ходимларини 14-январ ватан химоячилари куни байрами билан табриклади. Ушбу тадбир оппоқ қор бағрида истирохат боғида бўлиб ўтди.

Ургут туманида " Биринчи Устозим" номли болажонлар чиқишлари булиб утди

05-10-2019 16:45   838

Ургут туман 1 сон мактабгача таълим ташкилотида " Биринчи Устозим" номли болажонлар чиқишлари бўлиб ўтди. Унда Ургут туман мактабгача таъли бўлими ходимлари фаол қатнашишди.